E'lon

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 23

2025 yil 23-25 aprel kunlari Milliy tadqiqot Moskva davlat qurilish muhandislik universiteti (НИУ МГСУ) Brest Davlat Texnika Universiteti (БрГТУ) bilan birgalikda “Construction the Formation of Living Environment” (FORM-2025) XXVIII xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkazilishini e’lon qilamiz. Konferentsiya (БрГТУ)da (Brest, Belarus Respublikasida) (aralash formatda) o‘tkaziladi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi qurilish va suv xo‘jaligi tarmoqlarining barqaror innovatsion rivojlanishini ta’minlash, ilmiy maktablar uzluksizligini ta’minlash, professional kadrlar tayyorlashning yangi darajasini shakllantirish, ilmiy va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashdan iborat. Konferentsiya ingliz tilida olib boriladi.

Batafsil ma’lumot uchun konferensiya veb-saytiga tashrif buyuring https://mgsu-conference.org/form-2025 yoki Konferentsiya tashkiliy qo‘mitasi bilan bog‘laning science@mgsu.tu

Konferensiyada ishtirok etuvchi nomzodlar Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi.