Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida “Boburxonlik” kechasi davom etmoqda

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 12

Unda “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi professor-o’qituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi. Tadbirni “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti L.Xalmamatova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, dotsent A.Nasriddinov va katta o‘qituvchi R.Turdibekovalar  “Buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, tarixchi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida oʻrin tutishi, ulugʻ shoh va shoir oʻzining sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib va mustahkam oʻrin egalladi”, – deya e’tirof etganligi  haqida ma'lumot berdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan Boburning  ijodidan g’azal va she’rlar mutolaa qilindi hamda sahna ko’rinishlari namoyish etildi.