Diqqat e'lon!
Islomobod shahrida joylashgan “COMSATS University Islamabad” oliy ta’lim muassasasi tomonidan bakalavr darajasiga ega bo‘lgan nomzodlar uchun 2025-yil kuzgi semestrga grant asosida o‘quv dasturlari e’lon qilingan. Taqdim etilayotgan grant faqat kuzgi semestr ta’lim to‘lovini o‘z ichiga oladi. Aviachipta, turar-joy, yashash va boshqa harajatlar talabgor hisobidan qoplanishi nazarda tutilgan. Ishtirok etish istagida bo’lgan nomzodlar haqidagi ma’lumotlarni joriy yilning 25-fevraliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etishingizni so‘raymiz.

