Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Toshkent Gidrometeorologiya Texnikumi Hamkorligi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 31

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasining Toshkent Gidrometeorologiya Texnikumidagi filiali ochildi. Tadbirda "Qurilish" fakulteti dekani A.J. Abdullayev, texnikum direktori E.J. Daulatov, kafedra mudiri N.A. Aripova hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi  oliy ta’limni ishlab chiqarish talablari asosida rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va fan hamda amaliyotni integratsiya qilishdir. Ushbu hamkorlik doirasida

Talabalar amaliy mashg‘ulotlarini texnikum negizida o‘tkazish

Soha ehtiyojlariga mos ta’lim dasturlarini ishlab chiqish

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish

Eng ilg‘or xorijiy tajriba asosida o‘quv-metodik materiallar yaratish

Iqtidorli talabalarni ilmiy izlanishlarga jalb etish rejalashtirilgan.

Bu tashabbus ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.