Toshkent arxitektura-qurilish universitetida har juma "Milliy libos kuni!" odat tusiga aylanmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida har juma "Milliy libos kuni!" odat tusiga aylanmoqda. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog‘liq holda namoyon bo’ladi. Shu maqsadda bugun “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi” hamda "Milliy libos koʻrgazmasi" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Talaba-yoshlar qalbida milliy urf-odatlarimiz hamda qadriyatlarimizga bo‘lgan mehr-muhabbatni kuchaytirish, talaba-yoshlarning estetik didini o‘stirish va milliy liboslarimizga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida “Milliy liboslar ko'rgazmasi" boʻlib oʻtdi. Milliy liboslar ko'rgazmasi va milliy urf- odatlar bagʻishlangan tadbirda talabalar xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassam bo‘lgan hozirgi kundagi milliy liboslar jozibasini hamda etnografik urf-odatlarni namoyish etdilar.
