Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Matematika va tabiiy fanlar'' kafedra mudiri A.Zaitov boshchiligida professor-o'qituvchilar 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazdilar.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Matematika va tabiiy fanlar" kafedra mudiri A.Zaitov boshchiligida professor-oʻqituvchilar 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan uchrashuv o'tkazdilar. Uchrashuv buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bagʻishlangan boʻlib, kafedra faxriysi A.Abdurahimov talabalarga Bobur Mirzoning hayoti, siyosiy faoliyati va ijodi haqida maʼlumot berdi. Tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga professor-oʻqituvchilar tomonidan esdalik kitoblar topshirildi.
