Toshkent arxitektura-qurilish universiteti kechki ta'lim talaba-yoshlari O‘zbekiston Davlat Satira teatriga tashrif buyurdilar!

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 16

O'zbekiston Davlat satira teatrida   yozuvchi Chingiz Aytmatovning "JAMILA" qissasi spektaklini talabalar miriqib tomosha qildilar. Teatr har bir davrda, hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma’naviyati yuksalishida ham uning o‘rni bo‘lakcha. Bu haqda ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy “Teatr bu ibratxonadir” deb bejiz ta’kidlamagan. Zero, teatr maʼrifat ulashuvchi, sahna va tomoshabin oʼrtasida jonli muloqot o'rnatuvchi maskan bo'lib, bu dargohda yuksak fazilatlar hamda umuminsoniy g'oyalar tarannum etiladi.