Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik'' kafedrasi tomonidan "Yuraklarning bo'lagisan, yurtim bayrog'i'' mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 46

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasi tomonidan “Yuraklarning boʻlagisan, yurtim bayrogʻi” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni kirish soʻzi bilan kafedra mudiri t.f.n., dotsent Z.Shadmanova ochib berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi videolavhasi namoyish etildi, Sh.Ostonbekov ijrosidagi vatanparvarlik ruhiyati singdirilgan “Vatan bayrogʻi” qoʻshigʻi videosi koʻrib tinglandi. Shuningdek tadbir mehmoni “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti A.Nasriddinov mavzusiga oid keng koʻlamli maʼruza qildi. Oʻzbekiston xalqining tarixiy va madaniy merosini oʻz maʼruzasida toʻla-toʻkis ochib berdi.  Talabalar oʻrtasida fikrlar almashinuvlari boʻldi,  talabalar oʻrtasida katta qiziqish uygʻotdi, savol va javoblarga boy  hamda foydali oʻtdi.