Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Dunyo QS reytingi bo'yicha 60-o'rinda turuvchi Malayziyaning Malaya Universiteti tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Dunyo QS reytingi boʻyicha 60-oʻrinda turuvchi Malayziyaning Malaya Universiteti tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi. 2024-yil 8-noyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida boʻlib oʻtgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada hamda 2024-yil 11-28-noyabr kunlari Malaya Universiteti professor-oʻqituvchilar tomonidan workshoplar va darslarda tarjimonlik qilib yaqindan yordam bergan talabalar eʼtirof etildi. Mazkur sertifikat universitet rektori v.v.b. B.A.Tulaganov tomonidan oʻz egalariga topshirildi.


