E'lon
Islom hamkorlik tashkilotining
Ilmiy va texnologik hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mitasi (COMSTECH) tomonidan
“COMSTECH AWARDS 2025” mukofoti uchun hujjatlar qabul jarayoni boshlanganligini
ma’lum qilamiz. Mazkur tanlov yakunida qo'yidagi 4 yo‘nalishda jami 10 ta nominatsiya
bo'yicha ilmiy tadqiqotchilar va olimlarni mukofotlash rejalashtirilgan:
1. Biologiya va kimyo fanlari
rivojiga umrbod qo'shilgan xissa uchun;
2. Fan va texnologiyalarda
ilg'or ilmiy yutuqlar uchun;
3. Eng yaxshi ilmiy nashr
uchun;
4. Ilm-fan kommunikatsiyalari
sohasidagi yutuq uchun.
2025 yil uchun mukofot
quyidagi nominatsiyalar bo'yicha beriladi:
1. Biologiya va kimyo fanlari
rivojiga umrbod qo'shilgan xissa uchun.
Ushbu nominatsiya biologiya va
kimyo yo'nalishida uzoq yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan olimlarga
beriladi. Har bir fan bo'yicha g'oliblarga sertifikat, faxriy nishon va 8000
AQSh dollaridan pul mukofoti topshiriladi.
2. Fan va texnologiyalarda
ilg'or ilmiy yutuqlar uchun.
Ushbu nominatsiya bo'yicha
quyidagi uch yo'nalishda arizalar qabul qilinadi:
- Yosh tadqiqotchilar uchun
(2025 yil 31 mart holatiga ko'ra
40 yoshdan kichik shaxslar
ishtirok etishi mumkin);
- Eng yaxshi ilmiy kitob uchun
(2023-2024 yillarda xalqaro nashriyotlar tomonidan chop etilgan kitoblar);
- Patent uchun (mukofot ilmiy
nazariyani yanada boyitish va/yoki tijorat tizimlarini ishlab chiqilishiga
davomli ijobiy ta’sir ko‘rsatgan kashfiyotlar uchun beriladi. Tanlovda faqat
oxirgi besh yil ichida ro‘yxatdan o‘tgan patentlar ko‘rib chiqiladi);
Har bir yo'nalish bo'yicha
g'oliblarga sertifikat, faxriy nishon va 4000 AQSh dollaridan pul mukofoti
topshiriladi.
3. Eng yaxshi ilmiy nashr
uchun.
Biologiya, kimyo, matematika
va fizika yo'nalishlarida 2023-2024 yillarda impakt-faktor jurnallarida chop
etilgan ilmiy maqolalar ko'rib chiqiladi. Har bir fan bo'yicha g'oliblarga
sertifikat, faxriy nishon va 2500 AQSh dollaridan pul mukofoti topshiriladi.
4. Ilm-fan kommunikatsiyalari
sohasidagi yutuq uchun.
Ushbu mukofot birinchi marta e’lon
qilinmoqda. Tanlovda ilm-fan, ta’lim, jurnalistika, targ‘ibot (outreach) va
kino sohasida ilmiy muloqotga qo‘shilgan ulkan hissalar ko‘rib chiqiladi. G‘olibga
sertifikat, faxriy nishon va 4000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti
topshiriladi.
Hujjat topshirish tartibi
“COMSTECH AWARDS 2025”
mukofotiga nomzodlar ilmiy muassasalar, milliy tadqiqot kengashlari,
universitetlar, tadqiqot institutlaridan IHTga a’zo davlatlar fuqarolari bo‘lgan
va ularda ishlovchi olimlar ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar COMSTECH bosh
koordinatori tomonidan tayinlangan tegishli sohadagi taniqli olimlar va
ekspertlar hay'ati tomonidan baholanadi. Ishtirok etuvchi shaxs tavsiya etilgan
rasmiy xat va tegishli hujjatlarining elektron nusxalari 2025-yil 31-martga
qadar COMSTECH kotibiyatiga awards@comstech.org elektron
pochtasiga yuborilishi kerak. Maktubda aynan qaysi nominatsiya bo'yicha ariza
topshirilayotgani va mazkur sohaga qo'shilgan xissa aniq bayon qilinishi lozim.
Xatga quyigi hujjatlar ilova qilinishi shart:
- to‘ldirilgan va imzolangan
ariza namunasi
- tarjimai hol - rezyume (4000
so‘zdan oshmasligi kerak)
- ilmiy nashrlar ro‘yxati
- muassasa rahbarining
tavsiyanomasi.
