Rektor va yoshlar uchrashuvi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b. B.A.Tulaganov Qurilish fakulteti talabalari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov, Akademik faoliyat boʻyicha prorektor R.Xadjayev, fakultet dekani A.Abdullayev va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda universitetda tahsil olayotgan talabalarga sifatli taʼlim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlarni taʼkidlab oʻtildi hamda xalqaro hamkorlik, loyihalar va yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Undan tashqari talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

