Toshkent arxitektura-qurilish universitetida so'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Babur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 22

Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov soʻzga chiqib, Navoiy barcha turkiy xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u oʻzini “Xitoydan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy “qavm” (el, urug’)larning shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog’i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi. Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga katta ta’sir koʻrsatdi-deya ta'kidlab oʻtdi. Tadbir mehmoni sifatida A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bosh xazinaboni A.Q.Eshonboboyev hamda "O'zbek tili adabiyoti" kafedrasi dotsenti N.Alimova ishtirok etdilar. Menejment fakulteti va Qurilish fakulteti talabalari tomonidan gʻazal hamda ruboiylar, sahna koʻrinishlari ijro etildi.