Navoiy viloyatida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan "Alisher Navoiy va Sharq renessansi'' IV xalqaro simpoziumi bo'lib o'tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 39

8-9-fevral kunlari Navoiy viloyatida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag'ishlangan adabiy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi. Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi timizdan ilm-fan, madaniyat va san'at sohasi vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek ushbu tadbirlarda Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Mardov Sanjar Xudoykulovich ham ishtirok etdi.

Tashrifning birinchi kunida "Alisher Navoiy va Sharq renessansi" an'anaviy xalqaro ilmiy-nazariy simpoziumining sho'ba yig'ilishlari bo'lib o'tdi. Nufuzli anjumanda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning taniqli olimlari, adabiyotshunoslar, tarixchilar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, Navoiy ijodiy merosi va uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni yuzasidan qimmatli ma’ruzalar taqdim etdilar. Tashrifning ikkinchi kunida, ya'ni 9-fevral sanasida Navoiy shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi. Shundan so'ng Navoiy shahridagi Farhod madaniyat saroyida Alisher Navoiy ijodiga bag'ishlangan "Nazm va navo" adabiy-musiqiy kechasi tashkil etildi.