Chempion bilan uchrashuv

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 45

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Ogʻir atletika sport turi boʻyicha jahon hamda olimpiyada chempioni Ruslan Nuriddinov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov, Muhandislik fakulteti "Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi" kafedrasi dots Sh.Komilov, N.Bobokulova, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo'lib, qizig'in savol javoblar tadbirni yanada ko'tarinki kayfiyatga olib chiqdi. Tadbir davomida Ruslan Nuriddinov universitetimizda tahsil olayotgan sport sohasida ham yutuqlarga erishib kelayotgan talabalarga omad tiladi va o'z tavsiyalarini berdi.