MGTC kompaniyasi hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti vakillari Malayziyada hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 40

O‘zbekiston - Malayziya oliy ta’lim forumi doirasida Malaysian Green Technology and Climate Change Corporation (MGTC) kompaniyasi hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti vakillari Malayziyada hamkorlik uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yashil arxitektura va yashil iqtisodiyot yo‘nalishlarida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar kelajakdagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.