Uchrashuv
Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti akademik faoliyat bo‘yicha
prorektori Xodjayev Rustam hamda Akademik litsey va texnikumlar bilan ishlash
bo‘yicha yetakchi mutaxassis Aliyeva Zilola Sergeli tumanidagi politexnikum
rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuv davomida politexnikumdagi ta’lim jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, va muassasaning umumiy faoliyati ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, infratuzilmani takomillashtirish va talabalar uchun qulayliklarni yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Muhokamalar natijasida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan bir qator amaliy takliflar ishlab chiqilishi rejalashtirildi.
Mazkur tashrif politexnikum bilan oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

