Belorussiya milliy texnika universiteti bilan o'zaro hamkorlik yo'lida istiqboldagi rejalar
Belorussiya Milliy teхnika universiteti rektori professor Sergey
Xaritonchik boshchiligidagi delegatsiyasi Toshkent arxitektura-qurilish
institutiga tashrif buyurdi. Kuni kecha Belorussiya Milliy teхnika universiteti
rektori prof.Sergey Xaritonchik boshchiligidagi delegatsiya Toshkent
arxitektura-qurilish institutiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Toshkent
arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya, o'quv ishlari bo'yicha
prorektor Abdullo Mirisayev hamda Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Anzirat
Nigmadjanova ishtirok etdi. Tashrif davomida Toshkent
arxitektura-qurilish instituti va Belorus Milliy teхnika universiteti o’rtasida
tuzilgan hamkorlik shartnomasi hamda “Yo’l хaritasi” ga asosan amalga
oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Muhokama
davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
1.Belorussiya Milliy teхnika universiteti bilan hamkorlikda 2021/2022 o’quv
yilidan boshlab qo’shma ta’lim dasturlari (bakalavriat “2+2”) asosida kadrlar
tayyorlash;
2.Toshkent arxitektura-qurilish institutida ilmiy-teхnologik teхnopark
tashkil etish;
3. Amaliy teхnik kvalifikasiyalar bo’yicha kadrlar tayyorlovchi
O’zbek-Belorus qo’shma tarmoqlararo institutini ochish;
4.Toshkent arxitektura-qurilish instituti professor-o’qituvchilarini
Belorussiya Milliy teхnika universitetida malaka oshirish va stajirovkadan
o’tishlari bo’yicha moliyaviy tomondan imtiyozlar berish;
5.Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda o’zaro kelishilgan
holda ilmiy loyihalarga mablag’ ajratish va bajarish.
Bundan tashqari 2022/2023 o'quv yilida qo'shimcha ravishda qurilish
konstruksiyalari hamda shaharsozlik yo'nalishlari bo'yicha qo'shma talim
dasturlarini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi va uchrashuv so'ngida
talabalar bilan uchrashuvi tashkil qilindi.