Hamkorlik uchrashuvi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 161

Toshkent arxitektura-qurilish institutida Аvstriyaning Herz kompaniyasi MDX davlatlari boʼyicha hamkorlik aloqalarini rivojlantirish vakolatxonasi direktori Аnatoliy Karenin, 'Uchtepa Farovon Savdo' OАJ direktori Sirojiddin Asomuddinov, 'Muhandis-Konsalting' OАJ direktori Ziyodillo Аbdukaxarov bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektori R.Nurimbetov, Xalqaro hamkorlik boʼlimi boshligʼi А.Nigmadjanova, Injenerlik kommunikatsiyalarini loyihalash, qurish va foydalanish kafedrasi mudiri D.Maxmudova, mazkur kafedra professori M.Ismanxodjaevalar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida Herz kompaniyasi bilan oʼzaro hamkorlik yoʼnalishlari muhokama qilindi. Kompaniya vakili institutga isitish tizimlari boʼyicha begʼaraz tarzda kitoblar va uslubiy qoʼllanmalar taqdim qilish seminar-treninglar tashkil etish, laboratoriya mashgʼulotlari uchun stendlar taqdim qilish imkoniyati mavjudligi toʼgʼrisida gapirib oʼtdi.