Amerikalik mutaxassis tajribasi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 146

Joriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish instituti Kovorking markazida AQShning Arxitektura va shaharsozlik sohasidagi etuk muraxassisi Allen Sverdlov tomonida 4-bosqich talabalari uchun 'Arxtektura tarixi va bugungi kuni' mavzusida ma'ruza tashkil qilindi. Mazkur tadbir institut Xalqaro hamkorlik bolimi hamda Vazirlar mahkamasi huzuridagi UZINJINIRING respublika loyiha instuti bilan hamkorlikda tashkil etilda. Ma'ruza talabalarda katta qiziqish uyg'otdi va dars jarayoni savol javoblarga boy bo'ldi. Talabalar keyingi maruzalar jarayonida aynan qanday mavzuda ma'lumotlarga ega bo'lishni xoxlashlarini taklif sifatida bildirishdi.