O'zaro hamkorlik va istiqboldagi rejalar
Toshkent arxitektura qurilish instituti rektori Ercan Kahya va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanov bilan hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda ikki oliy taʼlim muassasasi oʼrtasida oʼzaro hamkorlikni yanada kengaytirish, sohaga xorijiy tajribalarni qoʼllash, talabalar oʼrtasida doʼstona muhitni shakllantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarida oʼzaro aloqalarni rivojlantirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida TDTU universiteti rektori S.Turabdjanov TАQI rektori Ercan Kahyaning keyingi ishlariga muvaffaqiyat tiladi hamda oʼzaro hamkorlikdagi ishlarga tayyor ekanligini bildirdi. Do'stona ruhda bo'lib o'tgan uchrashuvda ta'lim texnologiyalarini o'quv jarayoniga tadbiq etish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini yo'lga qo'yish va xalqaro hamkorlik sohalarida birgalikda faoliyat olib borishga kelishib olindi va esdalik sovg'alar topshirildi.