Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti tyutorlari va talabalari O'zbekiston Davlat Satira teatriga bordilar.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 70

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti tyutorlari va talabalari O’zbekiston Davlat Satira teatriga bordilar! Unda dramaturg Rixsivoy Muhammadjonovning “Saqov xotin” deb nomlangan komedik janrdagi spektaklini talabalar miriqib tomosha qildilar. Teatr har bir davrda, hayotiy saboqlar beruvchi jonli vosita hisoblangan. Inson ma’naviyati yuksalishida ham uning o‘rni bo‘lakcha. Bu haqda ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy “Teatr bu ibratxonadir” deb bejiz ta’kidlamagan. Zero, teatr maʼrifat ulashuvchi, sahna va tomoshabin oʼrtasida jonli muloqot oʼrnatuvchi maskan boʼlib, bu dargohda yuksak fazilatlar hamda umuminsoniy gʼoyalar tarannum etadi.