Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha uchrashuv
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Korrupsiyaga
qarshi kurashish bo'yicha 2023-2024 yillardagi mo‘ljallangan Davlat
dasturi”da belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida
tyutorlarni talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakillantirishda olib boriladigan ishlar yuzasidan universitet tyutorlari
bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i M.Isakdjanov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov hamda rektor maslahatchisi N.Nishanbayevlar qatnashdilar.
Uchrashuv davomida Isakdjanov M. so'zga chiqib universitet tyutorlari talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishlari lozimligi aytib o'tildi.

