Dekan va yoshlar uchrashuvi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Arxitektura'' fakultetida samimiy va ochiq muloqot tarzidagi, fakultet rahbariyati va fakultet talabalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda fakultet dekani Xasanov Azamat Ozodovich talabalar bilan tanishuv suhbati olib borildi. Suhbat dovomida universitetda va fakultet yoshlar uchun yaratilgan ko'plab imkoniyatlarni ta'kidlab ulardan unumli foydalanish haqida kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek universitet ichki tartib-qoidalariga qat'iy amal qilish va darslarga o'z vaqtida kelish uqtirildi. Talabalarning muammolari, taklif va tashabbuslarini dekan, dekan muovinlari va fakultet tyutorlari tomonidan o'rganildi. Bundan tashqari talabalar uchun xalqaro grantlar va bitiruvchi talabalarga malaka oshirish to'g'risidagi yangiliklar ham aytib o'tildi.

